Enter your keyword

Ko‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudi

Ko‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudi

Ko‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudi

Buxoroda joriy yilning 21-25 may kunlari “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o‘tkaziladi.

Prezidentimizning 2021 yil 29 apreldagi “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda hunarmandlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish orqali xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash, mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan tadbir doirasida kashtado‘zlik san’ati xalqaro festivali ham o‘tkaziladi.

Mazkur xalqaro festival ko‘hna va boqiy Buxoro shahrida joriy yildan boshlab har ikki yilda, bahor faslining may oyida tashkil etiladi. Festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan yon-atrofda zardo‘zlik va zargarlik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy zardo‘zlik hamda zargarlik dastgohlari, mahsulotlarni yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyish qilinadi.

Ayni kunlarda nufuzli xalqaro tadbirga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Hokimlik mas’ullari, tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari tomonidan qurilish davom etayotgan maydonlar, xususan, “Ark” qo‘rg‘onida olib borilayotgan dekorasiya va sozlash ishlarini sifatli bajarilishi nazoratga olingan. Ko‘chalar tozaligi, yon-atrofdagi tungi yoritish chiroqlarini soz holda bo‘lishini ta’minlash, daraxtlarga shakl berib oqlash, gulzorlarni tartibga keltirish bo‘yicha keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Maqsad festivalni yuqori saviyada o‘tkazish, tashrif buyurgan har bir mehmon ko‘hna kentning nafaqat o‘tmishi, balki, bugungi go‘zalligini ham his qilishini ta’minlashdir.

Xorijiy davlatlardan zardo‘zlik va zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahoratli hunarmandlar, amaliy san’at ustalari, o‘z brendiga ega bo‘lgan tashkilotlar, shuningdek, soha olimlari, faxriy mehmonlar qatnashadigan nufuzli tadbirni puxta tayyorgarlik bilan namunali o‘tkazish qadim Buxoroning sayyohlik salohiyatini namoyish etishda muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu bois viloyat markazida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, festival o‘tkaziladigan har bir ko‘cha, guzar hamda majmua, sahna maydonlarini talab darajasida tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Viloyat markazidagi Bahouddin Naqshband, Ibrohim Mo‘minov, Islom Karimov, Ibn Sino, Alisher NavoiyG‘ijduvon hamda Gazli shoh ko‘chalari, Xalqlar do‘stligi, Qayum Murtazoyev, Muhammad Iqbol, Alpomish kabi jami 20 dan ortiq ko‘chaning har biriga shahar hamda viloyat hokimligi tizimidagi boshqarma, korxona va tashkilotlardan mas’ullar biriktirilgan, – deydi Buxoro shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ahtam Ahmedov.

– Tozalash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bir so‘z bilan aytganda, bayramga mos ko‘rinishga keltirish ishlari avjida. Aniqroq aytganda, ayni paytda qurilish borayotgan ko‘chalarda ob’ektlar oldini bannerlar bilan o‘rab olish, yo‘l yoqasida faoliyat yuritayotgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, ko‘p qavatli uy-joylar fasad qismini tartibga keltirish, kunlik axlat va chiqindilarni bartaraf etish, piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash, ko‘chalarda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, daraxtlarga shakl berib oqlash, gulzorlarni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. O‘tqazilayotgan turli anvoyi gullar ko‘chalarga o‘zgacha chiroy bag‘ishlamoqda.

Ko‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudiKo‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudiKo‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudiKo‘hna Buxoro: xalqaro festival taraddudi

Shu bilan birga sayyohlarga va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Labi Hovuz majmuasi, Toqi Telpakfurushon hamda Poyi Kalon majmualarida tijorat banklari bilan hamkorlikda 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlar o‘rnatildi.