Enter your keyword

Buxoroda katta tadbirga tayyorgarlik avjida

Buxoroda katta tadbirga tayyorgarlik avjida

Buxoroda katta tadbirga tayyorgarlik avjida

21-25 may kunlari Buxoro shahrida «Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali» bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mazkur yirik tadbirga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in pallaga kirgan.

Tadbir doirasida kashtado‘zlik san’ati xalqaro festivali ham o‘tkaziladi. Mazkur xalqaro festival ko‘hna va boqiy Buxoro shahrida joriy yildan boshlab har ikki yilda, bahor faslining may oyida tashkil etiladi.

Festivalda Labi hovuz ansamblidan Ark qo‘rg‘oni hududigacha zardo‘zlik va zargarlik san’atiga doir ko‘rgazmalar tashkil etiladi: hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy zardo‘zlik hamda zargarlik dastgohlari, mahsulotlarni yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar.

— Viloyat markazidagi Bahouddin Naqshband, Ibrohim Mo‘minov, Islom Karimov, Ibn Sino, Alisher Navoiy, G‘ijduvon hamda Gazli shoh ko‘chalari, Xalqlar do‘stligi, Qayum Murtazoyev, Muhammad Iqbol, Alpomish kabi jami 20 dan ortiq ko‘chaning har biriga shahar hamda viloyat hokimligi tizimidagi boshqarma, korxona va tashkilotlardan mas’ullar biriktirilgan, — degan Buxoro shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Axtam Ahmedov.

Shuningdek, sayyohlarga va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida Labi Hovuz majmuasi, Toqi Telpakfurushon va Poyi Kalon majmualarida 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlar o‘rnatilgan.

https://xabar.uz/uz/post/buxoroda-katta-tadbirga-tayyorgarlik-avjida